Logo
O'zbekiston respulikasi turizm
va madaniy meros vazirligi huzuridagi
Madaniy meros

Rahbariyat

Secretary

Faoliyat

Agentlikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

a) moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasida: moddiy madaniy meros obyektlarini aniqlash, hisobga olish, muhofaza qilish, targ‘ib qilish, davlat reyestri, elektron katalogi, pasporti va davlat kadastrini yuritish, qo‘riqlanadigan tegralarini belgilash hamda moddiy madaniy meros sohasida davlat nazoratini amalga oshirish; moddiy madaniy meros obyektlaridan oqilona foydalanish, shu jumladan, ularni davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish, moddiy madaniy meros sohasini raqamlashtirish va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish; moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirish, buyurtmachi funksiyasini bajarish, uzluksiz ravishda ilmiy-texnik nazorat qilish, tarixiy-madaniy ekspertiza va loyiha-smeta hujjatlarining tarixiy-madaniy qimmatga ta’siri bo‘yicha ekspertizasini amalga oshirish;

b) muzeylar sohasida: milliy muzey fondining davlat katalogini yuritish, muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini milliy muzey fondi tarkibiga kiritish, undan chiqarish, universal huquqiy vorislik tartibida yoxud boshqa usulda bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tkazish hamda muzey sohasida davlat nazoratini amalga oshirish; muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, rivojlantirish, muzey xodimlarining malakasini oshirish, qayta tayyorlash, attestatsiyadan o‘tkazish, muzeylarning toifalarini belgilash, milliy muzey fondining ochiqligini ta’minlash va muzey ashyolari hamda muzey kolleksiyalarini o‘rganish, ommalashtirish, restavratsiya va asrashga doir ishlarni amalga oshirish;

v) alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar sohasida: alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni muhofaza qilish, ularning pasporti, boshqarish rejalari, rejimi, qo‘riqlanadigan tegralarini belgilash, ushbu hududlar va tarixiy mahallalarning tarixiy-madaniy qimmati, noyobligi, tabiiy landshafti va o‘ziga xosligini saqlab qolish; tarixiy joylarni Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritishga tavsiya etish, Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiya talablari, YUNESKO, Umumjahon merosi markazi, Umumjahon merosi qo‘mitasi tavsiyalarining mamlakat hududida bajarilishini nazorat qilish;

g) arxeologiya sohasida: arxeologiya tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, arxeologiya tadqiqoti uchun ruxsatnoma berish, ilmiy hisobotni ekspertizadan o‘tkazish va uning saqlanishini ta’minlash; Arxeologiya ashyolari davlat katalogini yuritish, arxeologiya ashyolarining davlatga topshirilishini tashkil qilish hamda fan, madaniyat va ta’lim muassasalariga biriktirib qo‘yish va tasarrufdan chiqarish; arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, halokat yoqasidagi arxeologiya obyektlarida zudlik bilan tadqiqot o‘tkazilishini ta’minlash, arxeologiya obyektlarini konservatsiyalash, muzeylashtirish hamda arxeologiya parklarini yaratish;

d) mamlakatimiz va xorijdagi madaniy boyliklar sohasida: madaniy boyliklarni muhofaza qilish, shu jumladan, ularning O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi va uning hududiga olib kirilishi bo‘yicha sertifikat berish va realizatsiya qilishni muvofiqlashtirish, madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan o‘tkazish, ularning toifasini aniqlash, davlat reyestrini yuritish, madaniy boyliklar sohasida davlat nazoratini amalga oshirish; mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid xorijdagi madaniy boyliklarni aniqlash, ularning to‘liq ma’lumotlar bazasini yaratish, muntazam yangilab borish hamda asl yoki ko‘chirma nusxalari, foto va videotasvirlarini yurtimizga olib kelish; ilmiy o‘rganish asosida olingan ilmiy ma’lumotlar va ularning tahliliy natijalariga oid bibliografik to‘plamlar, kataloglar, kitob-albomlar, axborot byulletenlari va boshqa matbaa mahsulotlarini turli tillarda nashr etish, ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmog‘ida keng yoritish, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.