Logo
O'zbekiston respulikasi turizm
va madaniy meros vazirligi huzuridagi
Madaniy meros

YUNESKOgo yuborilgan hisobotlar

Yangi qaror: YuNeSKO ro‘yxatidan joy olgan O‘zbekistondagi tarixiy obektlar muhofazasi kuchaytiriladi Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 9 iyun kuni “YuNeSKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasidagi hududlarni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 435-sonli qarorni qabul qildi. Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiya 1995 yilning 22 dekabrida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan. Konventsiya doirasida Xiva shahridagi “Ichan-qal'a”, “Samarqand – madaniyatlar chorrahasi” obekti, Buxoro va Shahrisabz tarixiy markazlari hamda Chotqol biosferasi (tabiiy meros) Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.